Shimoliy Koreya harbiy dronlarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
Kim Chen In shunday topshiriq berdi
Foto: Reuters

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiy dronlarni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etib, ularni seriyali ishlab chiqarishni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda mamlakat Markaziy telegraf agentligi (STAK) xabar qildi.

STAK ma’lumotiga ko‘ra, mazkur dronlar quruqlikda va dengizda dushman nishonlariga hujum qilish uchun mo‘ljallangan. Sinov davomida Shimoliy Koreya dronlari turli masofalardagi nishonlarga aniq zarba bergan.

«Kim Chen In (…) seriyali ishlab chiqarish jarayonini imkon qadar tezroq yo‘lga qo‘yish va keng ko‘lamda ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish zarurligini ta’kidladi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan noyabr oyi boshida Shimoliy Koreya Yaponiya tomonga bir nechta raketa uchirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek