Uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratishda qanday yangi tartib joriy etildi

eʼlon qilindi
Arizalarni ko‘rib chiqish faqatgina subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimi orqali amalga oshiriladi
Foto: ipoteka / pexels

Joriy yilning 11-noyabrdagi hukumat qarori bilan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibiga bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu hujjat asosida kreditlar berish hamda boshlang‘ich to‘lovning ma’lum bir qismini qoplab berish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi.

Qayd etilishicha, arizachi bergan arizalarni ko‘rib chiqish subsidiya.idm.uz tizimi orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, arizachi davlat xizmatlari markazidan (DXM) murojaat qilgan taqdirda xodim tomonidan ariza bir soatda tizimga kiritilishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, eski tartib bo‘yicha arizachining murojaati ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash hamda uni baholash soliq inspeksiyalarining tuman (shahar) bo‘limlari, tibbiyot hamda moliya bo‘limlari zimmasida bo‘lgan.

Endilikda ushbu vakolat Kadastr agentligi, Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga berildi.

Hujjatda belgilangan qoidalarga muvofiq ariza beruvchining, uning turmush o‘rtog‘ining daromadlarini tekshirish bilan bir qatorda yaqin qarindoshlarining ham daromadlari tekshiriladi.

Ma’lumot uchun, boshlang‘ich to‘lov va foizlarning ma’lum bir qismini qoplashda subsidiyalar to‘lovini, Moliya vazirligi besh ish kunida amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning 23-sentabridan uy-joy uchun subsidiyalarga arizalar berish boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek