Yangi 2025-yilgi Chevrolet Tahoe Xitoyda taqdim etildi – narxlar

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda esa yangi Chevrolet Tahoe avtomobillari hozirgi vaqtda sotuvda mavjud emas
Foto: Chevrolet

Xitoyda yangi 2025-yilgi 2,7 litrli turbo, to‘rt silindrli Turbomax dvigateli bilan jihozlangan Chevrolet Tahoe taqdim etildi. Bu haqda Speedme xabar berdi.

Ichki mexanizmi

Xitoyda taqdim etilgan ushbu avtomobilning dvigateli 299 ot kuchi va 500 aylanish quvvati bilan (Nm) AQShdagi 5,3 litrli V8 dvigatelidan 36 ot kuchi va 19 Nm ga kam quvvat ishlab chiqaradi.

Tashqi ko‘rinishi va salon qismi

Uzunligi, kengligi va balandligi mos ravishda 5382, 2058 va 1940 mm bo‘lib, g‘ildiraklar bazasi 3071 mm.ga teng. Yukxonaning hajmi 722 litrni tashkil etadi, lekin uni 3480 litrgacha kengaytirish mumkin.

Yangi avtomobil 2+2+3 sxemali yetti o‘rinli o‘rindiqlar, narsalar uchun 13 ta saqlash joyi, uch zonali avtomatik iqlim nazorati bilan jihozlangan. U katta panoramali tom oynasi, ko‘p funksiyali sport o‘rindiqlar, Centerpoint va SurroundStage ovoz texnologiyalaridan foydalanadigan Bose premium audio tizimi bilan jihozlangan.

Avtomobil 15 dyuymli rangli HUD displeyi, 11 dyuymli to‘liq ekranli asboblar paneli va 17,7 dyuymli markaziy boshqaruv ekraniga ega. Shuningdek, u Baidu bilan aqlli ulanish, ovozli boshqaruv, Apple CarPlay va havo orqali yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Chevrolet

Narxlar

Xitoyda yangi modelning narxi deyarli $90 mingni tashkil qiladi, AQShda esa model $60,5 mingdan boshlanadi. Xitoydagi Tahoe versiyasi faqat to‘liq uzatma va AQShdagi asosiy versiyada mavjud bo‘lmagan adaptiv pnevmatik osma bilan taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yangi Chevrolet Tahoe avtomobillari hozirgi vaqtda sotuvda mavjud emas (2024-yil 15-noyabr holatiga ko‘ra). Bu borada Kursiv Uzbekistan savdo.uzavtosanoat.uz platformasi ma’lumotlarini o‘rgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Olimpiada chempionlariga $200 ming, Tahoe avtomobili hamda ikki qavatli kottejlar sovg‘a qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek