Soliq qo‘mitasi biznes vakillari bilan uchrashadi

eʼlon qilindi
Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Pixels.com

Joriy yilning 18-noyabr kuni soat 12:00 da Soliq qo‘mitasida biznes vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu uchrashuvda suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan tayyor markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini joriy etish jarayonlari muhokamasi bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston suv va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uyushmasiga bu haqda tegishli xabarnoma yuborilgan.

Mazkur uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi vakillari ham ishtirok etadi.

Mazkur yig‘ilishda suv va alkogolsiz ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari ham ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilar soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali #markirovka xeshtegini ko‘rsatgan holda qatnashuvchilar ro‘yxatini ilova qilib, ushbu havola orqali ariza yuborishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda markirovkasiz dori vositalari 2025-yilning kuzigacha sotilishi mumkin ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek