Bu qishda iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazish rejalashtirilgan
15-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev energiya ta’minoti va samaradorlikni oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yig‘ilishda sohadagi muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, aholi va iqtisodiyot talablarini qondirish uchun gaz yetkazib berish hajmi oshirilgani, tarmoqlarning modernizatsiyasi va energiya samaradorligi natijasida yo‘qotishlar kamaygani ta’kidlandi. Bu qishda iste’molchilarga 21 mlrd kub metr gaz yetkazish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Gaz tarmoqlarini yangilashda raqamlashtirish va xususiy sheriklikning ahamiyati qayd etilib, ushbu jarayonlarni tezlashtirishga doir topshiriqlar berildi. Xalqaro moliya bozoridan mablag‘ jalb qilish va transformatsiyani amalga oshirish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb etish masalasi muhimligi aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda prezident mahalliy darajada energiya ta’minoti masalalarini hal etish va uzilishlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryodagi korxona 5 milliard so‘mlik gazni o‘g‘irlagan edi.