Termizda 281,9 million dollarlik 50 ta loyiha amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
1850 ish o‘rni yaratiladi
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsiya va eksport masalalari bo‘yicha taqdimotlarni o‘rgandi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, taqdimot davomida 2025-yilda Termizda $281,9 mlnlik 50 ta loyiha amalga oshirilishi va 1850 ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgani bildirildi.

Viloyatdagi bojxona postlari faoliyatini yaxshilash va eksportni oshirishga qaratilgan «Eksport uchun uch qadam» tizimi haqida ham ma’lumot berildi. Hokim investitsiyalarni samarali yo‘naltirish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish va tashkilotlararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, zamonaviy mehmonxona, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mebel tayyorlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha yangi loyihalar tanishtirildi. Bu sa’y-harakatlar viloyat iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Termiz xalqaro savdo markazida pavilon sotib olgan edi.

Shuningdek