AQSh davlat qarzi $36 trilliondan oshdi

eʼlon qilindi
Masalani zudlik bilan hal qilish lozimligini ta’kidlandi
Foto: Pixabay.com

15-noyabr holatiga ko‘ra, AQSh davlat qarzi tarixda birinchi marta 36 trillion dollardan oshdi. Bu haqda Debt Clock xizmatining ma’lumotlariga tayanib, Report Az axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yanvar oyida qarz miqdori $34 trlndan oshgan edi.

Ekspertlar va siyosatchilar qarzning o‘sishida Jo Bayden ma’muriyatining iqtisodiy siyosatini tanqid qilmoqda. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi esa 2032-yilga kelib davlat qarzi YaIMning 140 foiziga yetishi mumkinligini ta’kidlab, bunday holat global iqtisodiyot uchun xavf tug‘dirishini qayd etgan.

AQSh Kongressi Byudjet byurosi 2034-yilga borib qarz hajmi $50 trlndan oshishini prognoz qilmoqda. Mutaxassislar ushbu masalani zudlik bilan hal qilish lozimligini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning davlat qarzi $37 mlrdga yetgani haqida yozgan edik.

Shuningdek