Mask Rossiya bilan aloqasi borligini da’vo qilganlarni yo‘q qilmoqchi
Ilon Mask amerikalik senatorlarning uning Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha tekshiruv talab qilgani va SpaceX’ni hukumat shartnomalaridan mahrum qilish masalasini ko‘tarishlarini keskin tanqid qildi. Bu haqda Tass axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, milliarder senatorlar Jan Shaxin va Jek Ridni «qo‘g‘irchoqlar» deb atab, ayblovlarni ilgari surganlarni «topib, yo‘q qilishini» aytdi.
Maskning ushbu bayonoti X (sobiq Twitter) platformasida joylangan. U senatorlarning talablarini asossiz deya ta’kidlab, «Bu hujjatni kim yozgan va senatorlarni imzolashga kim majburlagan?» degan savolni ko‘targan.
Bunga javoban, The Wall Street Journal gazetasi Maskning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muntazam aloqada bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan, ammo Kreml bu iddaolarni rad etdi. Shu bilan birga, Maskning siyosiy sahnada paydo bo‘lishi, xususan, prezident Donald Tramp bilan yaqin aloqalari, uni muhokamalarning markaziga qo‘ymoqda.
Tramp Maskni kelajakda byurokratiyaga qarshi kurashadigan maxsus bo‘limga rahbarlik qilishga chaqirgan. Bu vaziyatlar Mask va uning faoliyati atrofidagi siyosiy bosimni yanada kuchaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya prezidenti Ilon Maskga Italiya siyosatiga aralashishni bas qilishni aytgan edi.