Qozog‘stonda sobiq masjid binosida portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Portlashga gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lgan
Foto: Qozog‘ston FVV

Oqmo‘la viloyatining Qo‘rg‘aljin tumanidagi sobiq masjid binosida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Tengri news ma’lum qildi.

Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, gaz-havo aralashmasining portlashi natijasida bino qulab tushgan.Baxtsiz voqea joyida 1978-yilda tug‘ilgan erkak, 1983-yilda tug‘ilgan ayol va 2012-yilda tug‘ilgan bola halok bo‘lgan.

Hodisa joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda. Viloyat hokimiyati voqea sabablarini aniqlash va zarur yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda vertolyot qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan edi.

Shuningdek