Piskent avtopoligonida elektron navbat tizimi ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Yengil avtomobillarni sinovdan o‘tkazish jarayoni 20-30 daqiqa ichida amalga oshirilishi mumkin
Foto: depositphotos.com

18-noyabrdan boshlab Toshkent viloyati Piskent tumanidagi avtopoligonda avtotransport vositalarini sinovdan o‘tkazish jarayoniga elektron navbat tizimi joriy etildi. Bu haqda Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi matbuot xizmati xabar berdi.

Endi yengil avtomobillarni sinovdan o‘tkazish jarayoni 20-30 daqiqa ichida amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun murojaatchilar Bojxona qo‘mitasining «Yagona darcha» tizimida (singlewindow.uz) elektron ariza topshirishi va sertifikatlashtirish organining tasdig‘ini olishi lozim.

Elektron navbat olish tartibi:

  1. My.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish.
  2. «Transport vositalarining muvofiqligini baholashga navbat olish» xizmatini tanlash.
  3. Tashrif vaqtini belgilab, QR-kod olish.
  4. Laboratoriyaga belgilangan vaqtdan oldin kelib, QR-kodni ko‘rsatish.

Xizmat bepul va qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi. Ushbu tizim fuqarolarning vaqtini tejash, shuningdek, noqonuniy harakatlarning oldini olishga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzTest mutaxassisi yengil avtomobillar importida muvofiqlik sertifikatining narxi oshgani haqida izoh berganini yozgan edi.

Shuningdek