Tesla kompaniyasi aksiyalari yetti foizga koʻtarildi

eʼlon qilindi
Tramp olg‘a surayotgan yangi tashabbuslar fonida
Foto: Jim Watson | Afp | Getty Images

AQShda prezident Donald Trampning tranzit guruhi tomonidan avtomatlashtirilgan transport vositalarini tartibga solish uchun federal dastur yaratishni Transport departamentining ustuvor vazifalaridan biri qilish rejalashtirilayotgani haqida tarqalgan xabar Tesla aksiyalarining 7% ga oshishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda CNBC axborot agentligi ma’lum qildi.

Yaqindagina Tesla kompaniyasining rahbari Ilon Mask Tramp tomonidan yangi tashkil etilgan Davlat samaradorligi departamentini boshqarish uchun tanlangan edi. Ushbu departament byurokratiyani tugatish, ortiqcha qoidalarni bekor qilish va keraksiz xarajatlarni qisqartirishni maqsad qilgan.

Federal tartibga solish mexanizmining yaratilishi Tesla uchun katta imkoniyat yaratdi. Kompaniya o‘zining «Robotaksi» loyihalarini amalga oshirish orqali avtomatlashtirilgan transport sohasida yetakchilikni qo‘lga olishni maqsad qilmoqda.

Mask bir necha hafta avval «Cybercab» nomli yangi robotaksi kontseptini taqdim etdi. Google’ning «Waymo» loyihasi allaqachon jamoat yo‘llarida o‘z robotaksilarini sinovdan o‘tkazayotgan bir paytda Tesla hali to‘liq avtomatlashtirilgan avtomobilni ishlab chiqarishda orqada qolmoqda.

Avtomatlashtirilgan transport vositalarini tartibga soluvchi federal qoidalar Tesla va boshqa kompaniyalar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochib, transport kelajagini belgilab berishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla kompaniyasining bozor qiymati $1 trln.dan oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek