Andijondagi Bobur haykali qayerga ko‘chiriladi
Andijon viloyati Bobur shohkoʻchasidagi chorrahada yoʻl oʻtkazgich qurilishi sababli Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga atab qad rostlagan maydonning bir qismi koʻprik ostida qolishi mumkin. Holatga viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, ilmiy kengash, boburshunoslar va mahalliy yetakchilar mazkur masalani muhokama qilib, Bobur haykalini «Eski shahar» hududidagi tarixiy «Registon» maydoniga koʻchirishga qaror qildi. Bu maydonni zamonaviy qoʻshimchalar bilan boyitib, yanada koʻrkam va mazmunli maskanga aylantirish rejalashtirilgan.
«Bo‘shagan joyda esa savdo majmualari, koʻngilochar markazlar va zamonaviy xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi taklif etilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu hududda turarjoylar qurish rejasi mavjud emas va bu haqdagi xabarlar tasdiqlanmagan», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatiga $3,1 milliard investitsiya jalb qilinishi haqida yozgan edik.