O‘zbekiston Qirg‘izistondan gaz importini 5,1 barobarga oshirdi
eʼlon qilindi
Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida bu ko‘rsatkich 654,9 tonnaga yetdi
2023-yilda O‘zbekiston Qirg‘izistondan jami 127,4 tonna suyultirilgan va tabiiy gaz import qilgan bo‘lsa, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida bu ko‘rsatkich 654,9 tonnaga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,1 baravar ko‘pdir, deb xabar bermoqda Tazabek internet nashri.
2024-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekiston Qirg‘izistondan $322 minglik gaz import qildi. 2023-yilda esa ko‘rsatkich $52 mingni tashkil etgan edi.
Ma’lumot uchun: 2024-yil kuz-qish mavsumida O‘zbekiston aholisiga jami 21 milliard kub metr gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda suyultirilgan gaz narxi 14 foizga arzonlashgani haqida xabar bergan edi.