Xiaomi 2024-yilning III choragida rekord daromadga erishdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Internet xizmatlari daromadi 8,5 mlrd yuanga ($1,1mlrd) yetdi
Foto: Reuters

Xiaomi kompaniyasi 2024-yilning III choragida 92,5 mlrd yuan ($12,9 mlrd) daromad qayd etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30,5 foiz ko‘pdir. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi.

Daromadning o‘sishiga premium sinfdagi smartfonlarning sotuvlari va elektromobil biznesining rivojlanishi sabab bo‘ldi. Elektromobillar sohasidan kelgan daromad 10 mlrd yuanga ($1,4 mlrd) yaqinlashdi.

Smartfon sotuvlari 13,9 foizga o‘sib, 47,5 mlrd yuanga ($6,65 mlrd) yetdi, jami 43,1 mln dona qurilma sotildi. Oktabr oyida taqdim etilgan yangi Xiaomi 15 smartfonlar qatori 1 milliondan ortiq nusxada sotilgan.

Boshqa mahsulotlar (IoT va elektronika) sotuvlari 26,1 mlrd yuanga ($3,6 mlrd) yetib, 26,3 foizga o‘sdi.

Internet xizmatlari daromadi 8,5 mlrd yuanga ($1,1mlrd) yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 9,1 foiz ko‘pdir.

Elektromobil biznesi jadal rivojlanmoqda. Xiaomi ushbu chorakda 40 ming dona SU7 modelini yetkazib berdi, yil boshidan esa 100 ming donadan ortiq avtomobil sotdi. Kompaniya yil oxirigacha 130 ming dona avtomobil yetkazib berish maqsadiga yaqinlashmoqda.

Biroq, elektromobillar va boshqa yangi yo‘nalishlarga qilingan investitsiyalar sababli kompaniya III chorakda 1,5 mlrd yuan ($210 mln) zarar ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi kompaniyasining yangi Redmi Note 14 5G smartfonini taqdim etgani haqida xabar berdi.

Shuningdek