O‘zbekiston davlat qarzi $45 milliardga yetishi kutilmoqda
2025-yil oxiriga borib davlat qarzi hajmi $45,1 mlrd.ga yetishi mumkin. Prognoz Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etildi.
Unga ko‘ra, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) 36,7 foizini tashkil etadi.
Tashqi qarz 2024-yil yakunida 33,9 mlrd.dan 39,4 mildr.ga ko‘tarilishi kutilmoqda. 2025-yilda davlat obligatsiyalarining sof chiqarilishi 30 trln so‘mni tashkil etadi.
Vazirlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib davlat qarzi 39,7 milliard dollarga teng bo‘ladi. Shu bilan birga, joriy yilda davlat qarzi 13,8 foizga o‘sadi, 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich yana 13,6 foizga oshishi prognoz qilinmoqda.
Bu raqamlar davlat moliyaviy siyosati uchun muhim ko‘rsatkich bo‘lib, iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar talab qilinishi mumkinligini anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Global yashil rivojlanish instituti O‘zbekistonga $6,5 million ajratishi haqida yozgan edik.