BMT bola huquqlari qoʻmitasining sobiq rahbari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi
O‘smirlar jinoyatchiligi muammosini muhokama qilish uchun
Foto: UNICEF Uzbekistan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi sobiq rahbari Renata Vinter qonunni buzgan voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda UNICEF Uzbekistan Telegram-kanali xabar berdi.

Vinter Oʻzbekistonning bir qator vazirliklari va idoralari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Suhbat davomida voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun qamoqdan boshqa jazo turlarini joriy etish imkoniyati muhokama qilindi.

«Ozodlikdan mahrum qilish so’nggi chora bo’lib, faqat zarurat tug’ilganda qo’llanilishi va muntazam ravishda qayta ko’rib chiqilishi kerak» — deydi Renate Vinter.

Vinterning fikricha, voyaga yetmagan huquqbuzarlarga nisbatan muqobil jazo choralari ularning jamiyatga tezroq qaytadan integratsiyalashuviga yordam beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yilda ikki mingdan ortiq o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari jinoyat sodir etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek