Toshkentda havo sifati yana yomonlashdi
eʼlon qilindi
IQAir platformasiga ko'ra
20-noyabr, chorshanba kuni Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi darajasi ruxsat etilgan me’yordan 7,4 baravarga oshdi. Bu haqda IQAir monitoring platformasi xabar berdi.
Platforma ma’lumotlariga koʻra, atmosferaning asosiy ifloslantiruvchisi PM2,5 dir. U chang zarralari, avtomobil shinalari va asfaltdan iborat.
Bugun O‘zbekiston poytaxti havosi nafas yo‘llari kasalliklariga chalinganlar uchun zararli hisoblanadi.
20-noyabr holatiga ko‘ra, Toshkent havosi eng yuqori ifloslangan shaharlar reytingida 23-o‘rinni egalladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 19-noyabr kuni Toshkentdagi havo sifati ko‘rsatkichlari haqida yozgan edi.