Toshkent viloyatida deyarli yetti kilogramm vaznli bola dunyoga keldi
eʼlon qilindi
Bunday holat hududda birinchi marta qayd etilgan
Toshkent viloyatidagi Nurafshon tug‘uruqxonasida 6 kg 865 gramm vaznli o‘g‘il bola dunyoga keldi, deb xabar berdi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.
Shifokorlar bolaning ahvolini qoniqarli deb baholadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi shifokorlar nazoratida.
Mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayevaning aytishicha, bunday holat viloyatda birinchi marta kuzatilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda tug‘ilishning kamaygani qayd etilgani haqida yozgan edi.