O‘zbekistonda chakana savdo tovar aylanmasi 2,2 foizga o‘sdi

eʼlon qilindi
2023-yil yanvar – oktabr oylariga nisbatan
Foto: Toshkent shahar Statistika boshqarmasi

2024-yilning yanvar – oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 294,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 foizga o‘sishni ko‘rsatdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, yirik korxonalar tovar aylanmasi 51,927 mlrd so‘mni (108,9 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi esa 242,160 mlrd so‘mni (109,6 foiz) tashkil qilgan.

Hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich 115,548 mlrd so‘m bilan Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lsa, undan keyin Samarqand (22,869 mlrd so‘m) va Andijon (20,591 mlrd so‘m) viloyatlari joylashgan. Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida (4754 mlrd so‘m) kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston necha tonna limon import qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek