Oʻzbekistonda Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hukumat a’zolari ro‘yxati:
Ochilboy Ramatov — bosh vazir o‘rinbosari;
Jamshid Qo‘chqorov — bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri;
Jamshid Xo‘jayev — bosh vazir o‘rinbosari;
Zulayxo Mahkamova — bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
Laziz Qudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
Botir Zohidov — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;
Ibrohim Abdurahmonov — qishloq xo‘jaligi vaziri;
Shavkat Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri;
Sherzod Hidoyatov — qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;
Ilhom Mahkamov — transport vaziri;
Jo‘rabek Mirzamahmudov — energetika vaziri;
Bobir Islamov — tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;
Sherzod Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri;
Aziz Abduhakimov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;
Asilbek Xudoyorov — sog‘liqni saqlash vaziri;
Hilola Umarova — maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri;
Qo‘ng‘irotboy Sharipov — oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;
Adham Ikromov — sport vaziri;
Ozodbek Nazarbekov — madaniyat vaziri;
Akbar Toshqulov — adliya vaziri;
Baxtiyor Saidov — tashqi ishlar vaziri;
Abdulla Qo‘ldoshev — favqulodda vaziyatlar vaziri;
Po‘lat Bobojonov — ichki ishlar vaziri;
Bahodir Qurbonov — mudofaa vaziri etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripovni bosh vazir lavozimiga tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.