Flyadeal aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

eʼlon qilindi
Reyslar 1-dekabrdan har kuni amalga oshiriladi
Foto: Uzbekistan Airports

21-noyabr kuni Saudiya Arabistonining Flyadeal aviakompaniyasi Toshkentga birinchi reysini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bortida 320 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent aeroportiga kechki soat 23:40 da qo‘ndi va an’anaga ko‘ra suv arkasi hamda gullar bilan kutib olindi.

Jidda – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar Airbus A330 samolyotlarida haftasiga besh marta, 1-dekabrdan esa har kuni amalga oshiriladi. Shuningdek, 15-dekabrdan boshlab Jiddadan Namanganga ham parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.

Flyadeal Saudiya Arabistonining arzon narxlardagi havo tashuvchisi bo‘lib, qulay jadvallar va sifatli xizmatlarni taklif qiladi. Ushbu reyslar Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaaloqalarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Permdan O‘zbekistonga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan edi.

Shuningdek