Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, soat 14:00 holatiga ko‘ra, savdo.uzavtosanoat.uz platformasi jami 20,2 mingta shartnomalar muvaffaqiyatli tuzilgan. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur davrda UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 21,3 mingta kiberhujumga uchragan. Jarayon davomida kompaniyaning Call-markazi orqali 1058 nafar mijoz murojaati qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan yarim soat ichida Cobalt uchun 6 mingdan ortiq shartnomalar tuzilgani haqida xabar bergan edi.