Toshkentda Shveytsariya kunlari boshlandi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbari Laziz Qudratov Toshkentda o‘tkazilgan Shveytsariya kunlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir uchinchi bor o‘tkazilib, ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, besh yil ichida O‘zbekiston-Shveytsariya savdosi hajmi $341 millionga yetdi. Mamlakatda Shveysariyaning yuzdan ortiq kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.
Shveytsariya investorlari Oʻzbekiston iqtisodiyotiga $1,4 mlrd miqdorida investitsiya kiritdi. Bu investitsiyalar energetika, farmatsevtika va qishloq xoʻjaligi sohalariga yoʻnaltirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Dilshod Axatov O‘zbekistonning Shveysariyadagi elchisi bo‘lib tayinlangani haqida yozgan edi.