Turkiyada Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot dvigateli yonib ketdi
Yakshanba kuni Rossiyada ishlab chiqarilgan yo‘lovchi samolyoti Antaliya aeroportiga qo‘nganidan so‘ng dvigateli yonib ketdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hodisa sababli aeroportga qo‘nishlar mahalliy vaqt bilan soat 3:00 gacha to‘xtatildi. Samolyotni uchish-qo‘nish yo‘lagidan tortib olib tashlash uchun tezkor choralar ko‘rilgan.
Rossiyaning Sochi shahridan kelgan Sukhoi Superjet 100 samolyotidagi barcha 89 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi xavfsiz evakuatsiya qilindi.
Voqea joyidan olingan videotasvirlarda yong‘in va tutun chiqqan samolyot dvigatelini o‘chirish uchun favqulodda xizmat xodimlari ish olib borgani aks etgan. Transport vazirligi tomonidan tarqatilgan videoda samolyotning ostiga o‘t o‘chirish ko‘pigi yotqizilgani va chap dvigatel sovitilayotgani ko‘rsatilgan.
Antaliya aeroporti ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Azimuth Airlines kompaniyasining Sochidan kelgan reysi soat 18:25 GMT da qo‘nganidan so‘ng sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida hech kim zarar ko‘rmagan va tergov ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda vertolyot qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan edi.