O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi almashdi
eʼlon qilindi
Bu haqda hukumat rahbari matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning yordamchisi va qabulxonasi mudiri lavozimiga Shuhrat Ibragimov tayinlandi. Bu haqda hukumat rahbari matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Bundan avval ushbu lavozimda Sarvar Ashurov faoliyat yuritib kelgan edi.
Ibragimov ushbu lavozimga tayinlovdan oldin Vazirlar Mahkamasi kotibiyati rahbari o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahar IIBBning bo‘lim boshliqlari iste’foga chiqarilgani haqida xabar bergan edi.