Toshkent jamoat transportida yo‘lkira tariflari oshadi

eʼlon qilindi
Naqd to‘lov orqali bir martalik yo‘lkira haqi – 3 000 so‘m
Foto: Yangi O‘zbekiston

2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahridagi jamoat transporti – avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida yangi yo‘lkira tariflari joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Naqd to‘lov orqali bir martalik yo‘lkira haqi – 3 000 so‘m;

Elektron to‘lov orqali – 1 700 so‘m;

Bagaj tashish xizmati – 4 000 so‘m;

Transport kartalaridan foydalanilganda qatnovlar soniga bog‘liq tarif – 1 600 so‘m.

Shuningdek, imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarmaydi.

Mazkur qarorga muvofiq, avtobus salonlarida yo‘lkira haqini naqd pulda qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi. To‘lovlar faqat elektron usulda amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘ona viloyatida jamoat transporti narxi oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek