Yangihayot tumanidagi eski yog‘ochli uylar buziladi
Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Yo‘ldosh (sobiq Sputnik) massivida yashash uchun yaroqsiz deb topilgan 409 ta ikki qavatli yog‘och uylar buziladi. Bu haqda Tashkent Invest xabar berdi.
Aholi uchun Gulshanobod mahallasida joylashgan Yangi mahalla turarjoy majmuasi barpo etiladi.
Loyihani «GC-Group Industries» MChJ 2024 – 2027-yillar davomida amalga oshiradi. 24 gektar maydonda 93 ta 16 qavatli zamonaviy uy qurilib, ularda jami 13,3 ta xonadon bo‘ladi. Majmua hududida 1600 o‘quvchilik maktab, 600 o‘rinli bolalar bog‘chasi, sun’iy ko‘l, shuningdek, maishiy xizmat ko‘rsatish zonalari va avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan.
Hozirda aholi bilan shartnomalar tuzish ishlari davom etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangihayot tumanida umumiy qiymati $1,37 milliardlik 47 ta loyiha amalga oshirilishi haqida yozgan edi.