Saneg Toshkentda birinchi yonilg‘i quyish shoxobchasini ochdi

eʼlon qilindi
Bektemir tumanida
Foto: Saneg

Toshkent shahar Bektemir tumanida Saneg kompaniyasi poytaxtdagi birinchi yonilg‘i quyish shoxobchasini ochdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga kompaniya xabar berdi.

Bu shoxobcha poytaxtda kompaniya tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqariladigan birinchi stansiya hisoblanadi.

AYOQSH kuniga 1300 tagacha avtomobilga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lib, sakkizta yonilg‘i quyish kolonkasi bilan jihozlangan. Bu yerda haydovchilar AI-80, AI-92, AI-95 va AI-98 markali benzinning to‘liq assortimenti, dizel yonilg‘isi va elektromobillar uchun quvvatlash imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

Mijozlar qulayligi uchun shoxobcha hududida qahvaxona va do‘kon faoliyat yuritmoqda.

Kelgusida poytaxtda yangi multimodal AYOQSH ochilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Italiyada Saneg avtomobil moylarini ishlab chiqarish va sotish yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek