O‘zbekiston oltin zaxiralari qayerda saqlanadi
eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy bank raisining oʻrinbosari Behzod Hamrayev Kursiv Uzbekistan muxbiriga maʼlum qildi
Oʻzbekiston oltin zaxiralari mamlakat ichkarisida saqlanadi. Bu haqda Behzod Hamrayev Kursiv Uzbekistan muxbiriga ma’lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, ba’zan oltin tashqariga kichik hajmda va qisqa muddatga sotish uchun chiqariladi.
«Oltinni tashqariga ba’zida sotishga chiqarilganda yoki narxida keskin oʻzgarish boʻlganda kichik hajmda va qisqa muddatga olib chiqamiz (-tahr.)», – dedi Hamrayev.
Tashqariga olib chiqilgan oltin sotilgandan soʻng qayd etilgan tartibda, hajmda va kelishilgan shartlarga muvofiq belgilangan omborga yetkazib beriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari $43,14 milliardga yetgani haqida xabar bergan edi.