Oʻzbekiston fond bozori: ortda qolgan haftada 12,32 trln soʻmlik bitimlar amalga oshirildi

eʼlon qilindi
Ortda qolgan haftada UCI fond indeksi 0,8 foizga tushdi
Foto: Pexels.com

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalar 15-noyabrdan 22-noyabr sanasigacha har xil dinamikani koʻrsatdi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarishini oʻrganib chiqdi.

Ortda qolgan haftada UCI fond indeksi 0,9 foizga tushdi. Aksiyalari eng koʻp oʻsishga erishgan kompaniyalar qatoridan «Biznesni rivojlantirish banki (+5,54 foiz), “OʻzRTXB», (2,66 foiz) va «Aloqa bank» (+2,27 foiz) joy oldi.

Oʻz navbatida, haftani salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Ipoteka-bank» (-5,13 foiz), «Aloqa bank»ning imtiyozli aksiyalari (-21,88 foiz) va «Turon bank»ni (10,01 foiz) koʻrish mumkin.

Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatidan «Aloqa bank»ning oddiy (490) va imtiyozli (413 ta) aksiyalari hamda «Ipak yoʻli banki» oddiy aksiyalari (306 ta) joy oldi. Shuningdek, enga katta summadagi bitimlar «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (554 mln soʻm), «Respublika» tovar-xomashyo birjasida (212,81 mln soʻm) va «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» (43,42 mln soʻm) kompaniyalari aksiyalarida amalga oshirildi.

20 ta yuqori likvidli aksiyalardan toʻqqiztasi haftani yashil rangda yakunladi. Mazkur davrda «Toshkent» respublika fond birjasida 12,32 trln soʻmlik 6,3 mingta bitim amalga oshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Toshkent» fond birjasida «Aloqabank» aksiyalari 30 foizga qimmatlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek