Rossiya Buyuk Britaniya diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi

eʼlon qilindi
Diplomat josuslikda ayblandi
Foto: Ap.com

Rossiya Buyuk Britaniya elchixonasi xodimlaridan birini josuslikda ayblab, mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Federal xavfsizlik xizmati (FSB) diplomatni mamlakatga josuslik maqsadida soxta ma’lumotlar asosida kirganlikda aybladi va uning faoliyatini Rossiya xavfsizligiga tahdid deb baholadi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi diplomatning akkreditatsiyasini bekor qilib, ikki hafta ichida mamlakatni tark etishni buyurdi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bu ayblovlarni «asoslanmagan» deb atab, munosabat bildirishini ma’lum qildi.

Ushbu voqea Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi yomonlashayotgan diplomatik munosabatlarning navbatdagi bosqichiga aylandi. Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlab, Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatishni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan noqonuniy migratsiya masalasini muhokama qilgan edi.

Shuningdek