«Surxon-W» ayollar futbol jamoasi birinchi liga kubogini qoʻlga kiritdi

eʼlon qilindi
41 ochko jamlab
Foto: O‘FA

Termizning «Surxon-W» ayollar jamoasi Oʻzbekiston birinchi ligasida chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga Eriell Group xabar berdi.

«Doʻstlik» stadionida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida jamoaga kubokni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi Avaz Maksumov topshirdi.

Jamshid Rahimov va Baxtiyor Amonturdiyev murabbiyligi ostidagi «Surxon» jamoasi ushbu mavsumda ajoyib natijalar koʻrsatdi. Ayollar jamoasi koʻplab oʻyinlarda raqiblarini yirik hisoblar bilan magʻlub etib, ligada 41 ochko jamlab yetakchiligini mustahkamladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro turnir g‘olibiga aylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek