Eksportyorlarga berilayotgan imtiyozlar bekor qilinadi: Jamshid Qo‘chqorov izoh berdi

eʼlon qilindi
Imtiyozlar 2025-yil 1-yanvardan bekor qilinadi
Foto: Tryaging / depositphotos

Kelgusi yildan eksportyorlarga berilayotgan ba’zi imtiyozlar bekor qilinadi. Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 26-noyabr kungi majlisi davomida yuzaga kelgan savollarga bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov javob berdi.

Bosh vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, imtiyozlarning bekor qilinishi mamlakat Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq. Shuningdek, Qo‘chqorov har bir tadbirkorning ochiq va adolatli raqobatda faoliyat yuritishni o‘rganishi kerak ekanini ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan bir qancha soliq imtiyozlarini bekor qilinishi bo‘yicha savollar berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning iyun oyida milliy qonunchilikni JSTda belgilangan qoidalarga moslashtirish bo‘yicha prezident tomonidan farmon imzolangan.

Mazkur farmonda tovarlarni eksportga realizatsiya qilish natijasida olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, transport xarajatlarini qisman qoplab berishga oid imtiyozlar 2025-yil 1-yanvardan bekor qilish bo‘yicha qoida nazarda tutilgan.

Teshabayevning ta’kidlashicha, berilgan imtiyozlar bekor qilinishi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni oldini olish borasida bir qancha choralar ko‘rilgan. Masalan, aylanma mablag‘lariga ehtiyoj ortishidan kelib chiqib faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, 2022-yildan foyda solig‘i bo‘yicha 972 mlrd so‘m, 2023-yilda esa 1,1 trln so‘m imtiyozlar taqdim etilgan.

Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar esa anchayin kamroq berilgan. Misol uchun, ushbu yo‘nalishda 2022-yilda 12 mlrd, 2023-yilda esa 14 mlrd so‘m.

Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, JSTga a’zolik O‘zbekiston uchun teng sharoitlarda boshqa mamlakatlar bilan savdo qilish imkoniyatini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek