Oʻzbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2006-yil 19-dekabrda oʻrnatilgan
Foto: «Dunyo» AA

Oʻzbekistonning Chernogoriyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi Oybek Shaxavdinov mamlakat prezidenti Yakov Milatovichga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Prezident qarorgohida boʻlib oʻtgan tantanali marosimdan soʻng oʻtkazilgan muloqot chogʻida Oʻzbekiston — Chernogoriya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, ularni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.

Yakov Milatovich Oʻzbekiston xalqini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yoʻlida erishilgan yutuqlar bilan tabriklab, mamlakatga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Shuningdek, u Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islohotlar va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuslarining ahamiyatini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Chernogoriya oʻrtasida diplomatik munosabatlar 2006-yil 19-dekabrda oʻrnatilgan.

Ma’lumot uchun, Oybek Shaxovdinov bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonning Vengriya, Sloveniya va Xorvatiyadagi elchisi hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistondagi elchisini lavozimidan ozod etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek