Majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Markaziy bankning qo‘shma qarori qabul qilindi
Foto: Ukrolenochka / depositphotos.com

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Markaziy bankning «Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qoʻshma qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Ish beruvchi yuridik shaxslar oʻz xodimlarining pensiya hisobvaraqlariga, mazkur yuridik shaxs xodim uchun asosiy ish joyi hisoblanishi yoki u oʻrindoshlik asosida ishlashi yoxud fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha ishlarni bajarishidan qat’i nazar, majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kiritishga majburdir.

Badallar fuqarolarning pensiya hisobvaraqlariga JSHDS toʻlash bilan bir vaqtda oʻtkaziladi. Tegishli toʻlov topshiriqnomasida omonatchining rekvizitlari, pul oʻtkazish maqsadi, oʻtkaziladigan badal summasi, Xalq bankining tegishli filialiga yuboriladigan reyestr raqami va sanasi koʻrsatiladi. 

Oy tugagach keyingi oyning 15-sanasiga qadar ish beruvchi shakllantirilgan xodimlar reyestrini (F.I.O., SHJBPH, ish haqi, pensiya badallari summasi koʻrsatilgan holda) Xalq bankining tegishli filialiga elektron shaklda yoki YIDXPdagi tadbirkor kabineti orqali yuborishi kerak boʻladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston 100 yoshdan oshgan pensiya oluvchilar soni qanchaligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek