Meksika prezidenti Trampni boj tarifini o‘zgartirish oqibatlari bilan ogohlantirdi
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni tariflar ikki davlat uchun ham iqtisodiy qiyinchiliklarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezdent Trampning Meksika va Kanadaga 25% boj joriy etish tahdidiga qarshi javob choralari ko‘rish rejasini e’lon qildi.
Sheynbaum bunday tariflar inflyatsiya va ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib kelishi, shuningdek, avtomobilsozlik sanoatiga zarar yetkazishi haqida ta’kidladi. Meksika avtomobilsozlik eksportining 79% ini AQShga yo‘naltiradi, bu esa ikki mamlakat savdo munosabatlari uchun muhim ahamiyatga ega.
«Bu tarif o‘zgarishlariga javob qaytariladi va bu jarayon yana va yana davom etib, oxir-oqibat umumiy bizneslarimizni xavf ostiga qo‘yadi», – dedi Sheynbaum Trampga yozgan maktubida.
Ma’lumot uchun, sentabr holatiga ko‘ra, Meksika AQShning eng yirik savdo hamkori bo‘lib, umumiy savdoning 15.8% ini tashkil etadi, Kanada esa 13.9% bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, AQSh Meksikaning eng yirik savdo hamkoridir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Meksika, Kanada va Xitoy mahsulotlariga boj to‘lovlarini oshirgani haqida batafsil yozgan edik.