Londondagi eng qadimgi go‘sht bozorlaridan beri Smitfild 2028-yilda yopiladi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qaror shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan. Bozor 800 yildan beri Britaniya poytaxtida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, shahar ma’muriyati 1327-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Billingsgeyt baliq bozorini yopishga ham qaror qildi.
Bundan oldin London rasmiylari bozorlarni Dagenhamga ko‘chirmoqchi bo‘lgan, u yerda bir milliard funt sterlinglik bino qurish rejalashtirilgan edi. Lekin loyiha narxi keskin oshgani sababli shahar kengashi chakana savdo maydonchalarini ko‘chirishdan voz kechishga qaror qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi Askiya bozori kimoshdi savdosiga qo‘yilgani haqida yozgan edi.