TBC Bank Uzbekistan GGSM jamgʻarmasidan $10 mln jalb qildi
eʼlon qilindi
Xotin-qizlarga kredit ajratish uchun
Global Gender-Smart Fund (GGSF) jamgʻarmasi ayollar va tadbirkorlarga kredit ajratish uchun TBC Bank Uzbekistanʼga $10 million ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bankning ma’lum qilishicha, pullar gollandiyalik investor Triple Jump orqali taqdim etiladi. GGSFʼning maqsadi moliyaviy xizmatlarda global gender tafovutini bartaraf etishdir. Bu koʻrsatkich $1,7 trln.ga baholanmoqda.
Shuningdek, jamg‘arma moliya sohasida ijtimoiy mas’uliyatni ilgari surish va rivojlanayotgan mamlakatlarda xotin-qizlarning moliyaviy inklyuzivligini oshirishga qaratgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun TBC Bank Uzbekistanʼga $10 million ajratishi haqida yozgan edi.