O‘zbekistondagi 3,6 mingta mahallada birorta ham jinoyat qayd etilmagan

eʼlon qilindi
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra
Foto: Michael Förtsch / Unsplash

2024-yilning o‘n oyi davomida O‘zbekistondagi 3,6 ming mahallada (38,5 foiz) birorta ham jinoyat qayd etilmadi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Unga ko‘ra, 4,6 mingta, ya’ni 48,6 foiz mahallalarda jinoyatchilik kamaygani kuzatilgan.

Brifingda Shamsutdinov ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga yordam ko‘rsatish haqida ham gapirdi. Mamlakatda «Temir daftar»ga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolarining 264 ta uyi ta’mirlab berildi.

Noyabr oyi boshida 3,1 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va 4,1 ming nafar «Yoshlar reyestri» yoshlari ish bilan ta’minlandi.

Shuningdek, 6,6 ming fuqaroga ijaraga yer berildi, 7,7 ming fuqaroga esa tadbirkorlik faoliyatida va o‘zini o‘zi band etishda ko‘maklashildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Baxti Tashkentskiy» nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek