2024-yilda O‘zbekistonda reklama xarajatlariga qancha mablag‘ sarflandi
eʼlon qilindi
Statista ma’lumotlariga ko‘ra
2024-yilda Oʻzbekistonda reklamaga sarflangan mablagʻ $481,5 millionni tashkil etdi. Bu haqda Statista xabar berdi.
O‘zbekiston reklama xarajatlari bo‘yicha MDHda to‘rtinchi o‘rindan joy oldi. Birinchi o‘rinda — Rossiya bu yil rejalashtirilgan xarajatlar $10 milliarddan oshdi. Qozog‘iston $777,7 mln bilan ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘rindan urushga qaramay Ukraina reklama xarajatlarining yuqori darajasini saqlab qolmoqda — $683,6 mln.
Markaziy Osiyo davlarlari orasida Oʻzbekistondan keyingi o‘rinda Turkmaniston boʻlib, mamlakat reklama xarajatlariga $156,6 million sarflagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekiston xalq tabobati xizmatlarini reklama qilish taqiqlangani haqida yozgan edi.