Uzbekistan Airways Pokistonga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
eʼlon qilindi
Chiptalar narxi 2 mln so‘mdan boshlanadi
Uzbekistan Airways 29-noyabrdan boshlab Toshkent – Lahor yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Shaharlar oʻrtasidagi parvozlar haftaning juma kunlari Airbus 320 Neo samolyotlarida amalga oshiriladi. Chiptalar narxi esa 2 mln soʻmdan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Pokiston yangi yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish ustida ishlamoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston hukumati Pokiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreyaning ikkita aviakompaniyasi Oʻzbekistonga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishi haqida xabar bergan edi.