O‘zbekiston ochlik va kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha Global alyansga a’zo bo‘ldi
eʼlon qilindi
Bugungi kunda alyansga 100 dan ortiq mamlakat qoʻshilgan
Oʻzbekiston ochlik va qashshoqlikka qarshi kurashish boʻyicha Global alyansga rasman qoʻshildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
«Bu Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash boʻyicha global saʼy-harakatlarni kuchaytirish yoʻlidagi muhim qadamdir», – deyiladi xabarda.
Ochlik va kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha global alyans, bu – ochlik, kambag‘allik va tengsizlik muammolarini hal qilish uchun mamlakatlar, tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlarni birlashtiradigan xalqaro tashabbus.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda alyansga 100 dan ortiq mamlakatlar qoʻshilgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston xalqaro koinot shartnomasiga qoʻshilgani haqida xabar bergan edi.