Qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
eʼlon qilindi
2027-yilda
2027-yil iyul oyida O‘zbekistonda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda XQF bosh kotibi Salhi Ferial Nodira Kursiv Uzbekistan muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur musobaqa 2028-yilda Los-Anjelesda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishda muhim o‘rin tutadi.
Chempionatda to‘plangan ochkolar sportchilarning Olimpiya o‘yinlari saralashiga ta’sir qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylangani haqida xabar bergan edik.