O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etildi
eʼlon qilindi
30 kun mobaynida
O‘zbekiston va Xitoy davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlar doirasida ikki mamlakat fuqarolariga 30 kunlik vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu hujjat davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, savdo aylanmasini oshirish hamda xalqlar o‘rtasidagi madaniy va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Vizasiz rejim ikki davlat fuqarolarining o‘zaro safarlarini yengillashtirishi va turizm sohasida yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo boʻlish boʻyicha muzokaralarni yakunlagani haqida yozgan edik.