Uy-joy qurilishini kechiktirgan tadbirkorlar jarimaga tortiladi

eʼlon qilindi
Muddat 2 yil qilib belgilangan
Foto: Daqn.uz

Qurilish vazirligi uy-joy qurilishining kechiktirilishiga qarshi qat’iy choralar ko‘rmoqda. Bu haqda vazirlik vakili AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Shaharsozlik kodeksiga muvofiq, qurilish muddatlari 2 yil qilib belgilangan.

Agar tadbirkorlar ushbu muddatdan kechiksa, soliq organlari tomonidan jarima va penyalar qo‘llaniladi. Bu yangi tartib tadbirkorlarni o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga undaydi va qurilishning cho‘zilib ketishini kamaytiradi.

Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi vakili Aziz Xudoyqulovning so‘zlariga ko‘ra, bu amaliyot yaqinda joriy etilgan va allaqachon samara bermoqda. Jarima miqdori obyektning qiymatiga qarab hisoblanadi, biroq aniq kalkulyatsiya Soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish 37 mln so‘mdan jarimaga sabab bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek