«Toshkent – Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd ishga tushadi

eʼlon qilindi
Poyezd qatnovi kun davomida olti marta amalga oshiriladi
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati

3-dekabrdan boshlab shaharlararo tezyurar elektropoyezd «Toshkent – Xojikent – Toshkent» yo‘nalishida qatnovni boshlaydi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zamonaviy jihozlangan va qulay sharoitlarga ega bo‘lgan poyezd yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga tayyor holatga keldi.

Poyezd kun davomida olti marta qatnaydi. Toshkentdan soat 06:18, 12:53, 18:10 da, Xojikentdan esa 08:02, 14:33, 19:45 da chiqiladi.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati

Chipta narxi umumiy 20 000 so‘mni, bolalar uchun esa 11 500 so‘mni tashkil etadi.

Barcha qatnovlar belgilangan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi. Shuningdek, avvalgi elektropoyezdlarning qatnov vaqtida o‘zgarishlar kutilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Buxoro o‘rtasida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Shuningdek