2025-yil uchun Davlat budjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Endi hujjat Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak
Foto: Qonunchilik palatasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2025-yil uchun O‘zbekistonning Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Majlisda Davlat budjeti daromad va xarajatlari, mahalliy budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalarini moliyalashtirish masalalari tahlil qilindi. Kelgusi yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qilingani munosabati bilan ushbu yo‘nalishlarga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va samaradorligi alohida e’tiborga olindi.

Jumladan, bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga qo‘shimcha 35,5 mlrd so‘m ajratilishi belgilanmoqda. Kinematografiyani rivojlantirish va «Tirik tarix» filmlari uchun qo‘shimcha 40 mlrd so‘m ajratiladi. «Yashil makon» umummilliy loyihasi uchun 100 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

«Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutini tashkil etish xarajatlari uchun qo‘shimcha 10,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi», – deb xabar bermoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Avvalroq «Kursiv» XVJ ekspertlari fikriga ko‘ra, O‘zbekiston investitsiyalarni jalb qilish uchun mavjud soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqishi kerakligi haqida yozgandi.

Shuningdek