Bashar al-Assad Isroildan yordam so‘radi

eʼlon qilindi
Elaph portaliga ko'ra
Foto: Bloomberg

Bashar al-Assad muxolifat va isyonchilarga qarshi kurashda Isroildan yordam so‘radi, deb xabar berdi Elaph arab portali.

Isroil hukumati Suriyada yuz berayotgan voqealar Isroilga tegishli emasligini aytdi.

Bundan tashqari, Isroil Asadga Eron va ushbu Islom Respublikasi tarafdori bo‘lgan kuchlarga mamlakatni tark etish uchun murojaat qilishni maslahat berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil noyabr oyi oxirida Suriyada terrorchilik guruhlari faollashgan edi. Dekabrga kelib, «Hayat Tahrir ash-Sham» ekstremistik tashkiloti Suriyaning ikkinchi yirik shahri Aleppo aeroportini egallab oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh va BAA Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish masalasini muhokama qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek