OpenAI sun’iy intellekt modelini takomillashtirdi va yangi tarifni taqdim etdi

eʼlon qilindi
ChatGPT Pro oyiga $200 turadi
Foto: Raffmaster / depositphotos.com

Amerikaning mashhur sun’iy intellekt kompaniyasi OpenAI foydalanuvchilarga yangi ChatGPT Pro tarif rejasini taklif qildi. Kompaniya ma’lumotiga koʻra, ushbu reja yordamida foydalanuvchilar OpenAI texnologiyalarining eng ilgʻor imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

Endilikda murakkab vazifalarni bajarish uchun kuchliroq yangilangan o1 (Pro versiya) sun’iy intellekt modelidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchilar ovozli rejimdan foydalanishlari mumkin boʻladi. Buning uchun oyiga $200 dollar toʻlash kerak boʻladi.

ChatGPT Plus tarifi oʻzgarmay qoladi. Uning oylik toʻlovi oʻn barobar arzonlashib, $20 ga teng boʻladi.

Bundan tashqari, OpenAI nihoyat o1 modelini yakunlaganini e’lon qildi. Ushbu ishlanmaning dastlabki versiyasi kuz boshida paydo bo‘ldi. Obunachilar endi undan foydalanishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Windows uchun ChatGPT ilovasi barcha foydalanuvchilar uchun ochiq ekani haqida yozgan edi.

Shuningdek