Amerikalik xonanda Teylor Svift, Spotify striming xizmati ma‘lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning eng mashhur ijrochisi bo‘ldi. Bu haqda Variety portali xabar berdi.
Svift shu yilning o‘zida The Tortured Poets Department albomini chiqardi. Bu albom Spotifyda eng ko‘p tinglandi. Ijrochi striming xizmati versiyasiga ko‘ra, ikkinchi yil ketma-ket mashhurlikka erishdi.
2024-yilning eng mashhur san’atchilari ro‘yxatiga Svift bilan birga, The Weeknd, Bad Bunny, Billi Eylish va Dreyk kirgan. Eng ko‘p tinglangan albomlar qatorida esa Hit Me Hard and Soft (Eylish), Short n’ Sweet (Sabrina Carpenter), Eternal Sunshine (Ariana Grande) va Mañana Será Bonito (Karol G) joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Teylor Sviftning boyligi $1,6 milliardga yetgani haqida xabar bergan edi.